Italiyaning «Benevento» klubi bosh murabbiyi Filippo Indzagi o'z shogirdlariga «Yuventus» klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduni namuna qilib ko'rsatadi.
«Men har doim o'z shogirdlarimga Ronalduni namuna qilib ko'rsataman. Chunki, men uni mashg'ulotlarda qanday ishlashini bilaman. Men undan va Messidan biroz g'azablanaman. Ular sababli men va Raul evrokuboklarda kiritgan gollarimizni soni kamga o'xshaydi», - dedi Indzagi.