Evropa chempionlar ligasining ushbu mavsumdagi qolgan barcha o'yinlari bitta shaharda o'tkazilishi mumkin. Gap nafaqat chorak finaldan boshlab qolgan o'yinlar, balki nimchorak final bosqichining o'tkazilmay qolgan uchrashuvlari haqida ham ketmoqda.
"Bild" nashri tarqatgan xabarga ko'ra, "Manchester Siti" – "Real" (dastlabki o'yin - 2:1), "Yuventus" – "Lion" (0:1), "Bavariya" – "Chelsi" (3:0) va "Barselona" – "Napoli" (1:1) o'yinlari 8-9 avgust kunlari Lissabon shahrida o'tkaziladi.
Ma'lumot o'rnida. "Atalanta", "RB Leyptsig", "Atletiko" va "Pari Sen-Jermen" klublari EChLning chorak finaliga chiqib bo'lishgan. Chempionlar ligasining barcha uchrashuvlari Portugaliya poyxatidagi "Joze Alvalade" va "Da Luj" stadionlarida muxlislarsiz o'tkaziladi.