Transfer huquqi “Real”ga tegishli bo'lgan, mavsumni esa ijara asosida “Borussiya D”da o'tkazayotgan Ashraf Hakimiga APLning bir yo'la uch jamoasi qiziqish bildirmoqda. Ular — “Manchester Siti”, “CHelsi” va “Tottenxem”.
Avvalroq futbolchining Madridga qaytishi va klub bilan yangi shartnoma imzolashi aytilgandi.
Hakimi joriy mavsum Bundesliga doirasida 30 ta o'yinda qatnashib, 5 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.