Dortmundning "Borussiya" klubi himoyachisi Ashraf Hakimiy faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
90min nashrining yozishicha, "Chelsi", "Manchester Siti" va "Tottenxem" klublari 21 yoshli futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Angliya klublari Hakimiyning transfer huquqi tegishli bo'lgan "Real"ga murojaat qilishgan.
Eslatib o'tamiz, Hakimiy bu mavsum "arilar" safida 30ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urgan.