Madridning "Real" klubi hujumchisi Luka Yovich faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
PianetaMilan nashrining xabariga ko'ra, "Arsenal" serbiyalik hujumchini o'z safiga qo'shib olmoqchi. 22 yoshli Yovichga "Milan" ham da'vogarlik qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, "Real" o'tgan yozda Yovichni "Ayntraxt"dan 60 million evroga xarid qilgan edi. Bu mavsum hujumchi 15ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishgan.