Niderlandiyaning "SciSports" informatson kompaniyasi Belgiyaning Levan universiteti bilan hamkorlikda Lionel Messi va Krishtianu Ronalduning futbolchilik xususiyati borasida tadqiqot o'tkazdi.
E'lon qilingan hisobotga ko'ra, «Barselona» sardori maydonda «Yuventus» forvardiga nisbatan 2 baravar kuchli ekani isbotlandi.
Ularning qobiliyatini baholashda futbolchilarning juda ko'p xususiyatlari inobatga olingan holda koeffitsient tuzib chiqildi. Jumladan, ularning harakatlari uchrashuvning yakuniy natijasiga ta'siri nuqtai nazarda tahlil qilindi.
Bundan tashqari, futbolchilarning 2013-2018 yillardagi statistikalari inobatga olindi. Aynan shu davrda Ronaldu samaradorlik borasida faoliyatining yuqori cho'qqisiga chiqqan edi. Shunga qaramay, Messi Krishtianuga nisbatan kuchliroq ekani ma'lum bo'ldi — 1,21 va 0,61.
Tadqiqot xulosasi shuni ko'rsatdiki, Lionel ko'proq to'p bilan muomalada bo'ladi, vaziyatlar yaratadi va matchning yakuniy natijasiga ko'proq ta'sir ko'rsatadi.