Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Mourino «ko'mib yuborgan» futbolchilar (top-10)

.
- Yuklab olish

“Benazir” futbol olamida o'zining janjalkashligi bilan dong taratgan. Ayniqsa, uning futbolchilar bilan keskin munosabatga borishi hech kim uchun yangilik emas. Bugun u bilan chiqisha olmagan futbolchilar o'nligini e'tiboringizga havola etamiz.

Eden Azar

Aslida, Joze belgiyalik futbolchining o'sishida va bugungi kundagi darajasiga chiqishiga katta hissa qo'shgan murabbiy sanaladi. Joze “Chelsi”ga qaytgach, Edenning o'yini qiziqarliroq va samaraliroq chiqishni boshladi. Shunga qaramay, APL chempionligidan so'ng, futbolchi va murabbiy o'rtasida “ola mushkuk o'tadi”. 2014/15 yilgi mavsumda futbolchi maydonda ortirilgan jarohat sababli Jozedan beso'roq stadionni tark etadi va bu murabbiyning g'azabini qo'zg'atadi. 2015-yilning dekabroyida esa, London klubi portugaliyalikni iste'foga chiqaradi. Keyinroq ma'lum bo'lishicha, klub rahbariyatidan buni Eden Azar va Sesk Fabregas iltimos qilgan ekan. To'g'ri, keyinroq Eden Jozening taktika borasida “benazir” ekanligini va o'sha paytda qilgan ishi uchun pushaymonligini ma'lum qildi. Afsuski, bu pushaymonlikdan endi hech qanday naf yo'q.

Vilyam Gallas

Gallas Jozening ikki bor APL chempionligini qo'lga kiritishiga ko'mak berganiga qaramay, ularning aloqalari har doim ham ijobiy bo'lmagan. Gap shundaki, Gallasdan Joze qanot himoyasida to'p tepishini talab qiladi. Frantsiyalik futbolchi esa, o'zini qulay his qilayotgan markazda ko'rinish bermoqchi ekanligini ochiqchasiga aytadi. Oqibatda, mavsum oldi yig'in chog'ida Vilyam klubdan o'zini sotib yuborishlarini talab qiladi va janjal ko'taradi. Taniqli nashrlarining ma'lum qilishicha, futbolchi Joze Mourinoni boshqa jamoaga qo'yib yubormasa o'z darvozasini ishg'ol qilishi bilan qo'rqitgan ekan. Vaziyat jiddiylashgach, Joze uni qo'yib yuboradi.

E'tiborlisi shundaki, Gallas futbolchilik faoliyatini yakunlagach, o'zi bilan ishlagan eng kuchli murabbiy sifatida aynan “benazir”ni ta'kidlab o'tadi.

Rikardo Kuarejma

2008-yilda sayyoramizning eng iqtidorli futbolchisi sifatida “Barselona”dan “Inter”ga ko'chib o'tgan Kuarejmaning transferini shaxsan Joze “ko'k-qora”lardan talab qiladi. Afsuski, Rikardo Italiyada o'zini namoyish eta olmadi. Keyinchalik, Rikardo “Inter” taklifini qabul qilish faoliyatidagi eng katta xato bo'lganini tan oldi. Aytishicha, Kuarejmani shaxsan Joze jamoaga qo'shib olganiga qaramay unga o'yin amaliyoti taqdim etishni istamagan. Futbolchi hali-hamon Jozening undan nima talab qilganini anglab etmaganini ko'p bor ta'kidlab o'tadi.

Lyuk Shou

Lyuk “Manchester Yunayted”ga Jozedan avval kelganiga qaramay, jarohatlar bilangina muxlislar e'tiborini qozongan futbolchi edi. Klubtepasiga “benazir” kelgach, murabbiy butunlayShounio'z rejalaridan chiqarib yubordi. Boz ustiga, uni tinmay OAV qarshisida tanqid qilishni boshlab yubordi. Hatto o'z intervyularidan birida Shouni “Manchester Yunayted” darajasidagi futbolchi emas deb ham e'lon qilib yuboradi. Ko'p o'tmay, qanot himoyachisining boshqa jamoaga ketishi haqida mish-mishlar paydo bo'lishni boshladi, biroq Shoudan avvalroq Jozega chiqish eshiklari ko'rsatib yuborildi. Tan olish lozim, Shou o'z jarohatlaridan forig' bo'ldi va asosiy tarkibdagi o'rnini qaytarib oldi.

Kevin De Bryuyne

2013-yilda Kevin “Verder”dagi ajoyib mavsumdan so'ng, Londonga qaytarildi. Aynan o'sha yili unga qo'shib “Chelsi”Jozeni ham ortga qaytargan edi. Avvaliga murabbiy belgiyalik futbolchiga asosiy tarkibdan muqim o'rin va'da qildi, biroq yakunda hammasi umuman o'zgacha ko'rinish oldi. Bechora De Bryuyne bir yarim yil davomida atigi 3 ta o'yinda maydonga tushdi. Joze esa, bor e'tiborini jamoadagi boshqa yarim himoyachilarga qaratishni boshlab yubordi. Jurnalistlarning nima uchun Kevinni maydonga tushirmayotgani haqida savollaridan charchab ketgan murabbiy uni APL uchrashuvlarida ishtirok etishga tayyor emas deb izohberdi. Jozening so'zlari ommaga ma'lum bo'lgach, Kevin “Chelsi”dan o'zini qo'yib yuborishlarini talab qiladi va klub uni ushlab qolmaydi. Yana Bundesligaga qaytib ketgan yarim himoyachi ko'p o'tmay dunyoning eng kuchli yarim himoyachisi statusida “Manchester Siti” futbolchisi sifatida APLga qaytib keldi.

David Luis

Braziliyalik himoyachi Joze ortga qaytguniga qadar “Chelsi”ning asosiy himoyachisi edi. Portugaliyalik murabbiy Davidning hujumkor himoyachi bo'lgani bois sekin-asta asosiy tarkibdan uzoqlashtirishni boshlaydi. U o'z jamoasida chaqqon va oldinga intiluvchi himoyachini ko'rishni istamaganini yashirib o'tirmaydi. Hatto bu haqida Luisga ham aytadi. David vaziyatni anglab etgach, PSJga o'tib ketadi. “Chelsi”ga esa, Joze klubni tark etgandagina yana qaytadi. Unga qadar Parij klubi bilan bir nechta ichki musobaqalarda oltin medallarni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ladi.

Iker Kasilyas

“Real” akademiyasi tarbiyalanuvchisi, klub faxri va tirik afsonasi bo'lishiga qaramay Joze uni ortiqcha muammosiz chetga surib tashlashni uddalagani “e'tiborga molik”.

Barchasiga “Barselona” qarshi uchrashuvlarda yuzaga kelgan keskinlik sabab. Joze “el-klasiko”larda shogirdlaridan jangga chiqqanday harakat qilishni talab qilar, bu esa Ikerning g'ashini keltiradi. Darvozabon “Barselona” futbolchilarning aksariyati bilan qalin do'st bo'lgani bois murabbiyning ko'rsatmalariga parvo qilmaydi. Joze futbolchining “el-klasiko”dan so'ng, Xavi va Puyol bilan muloqot qilishini xoinlik deb hisobladi va Kasilyasni chuqur zaxira o'rindig'iga mixlab qo'yadi. Bechora Iker futboldan bahra olish uchun “Portu” safiga yo'l olishdan boshqa chora topa olmadi.

Pepe

Aslida Pepe Jozening maydondagi ishongan “sarkardasi” edi, biroq Iker bilan yuzaga kelgan janjaldan so'ng Pepe kutilmaganda jamoadoshining yonini olishni boshladi. Boz ustiga, murabbiyni tanqid qilishgacha bordi. Oqibatda, Mourino o'ylab o'tirmasdan uning o'rniga 19 yoshli Rafel Varanni maydonga tushirishni boshlaydi. Ish shu qadar chigallashib ketadiki, “qirollik klubi” Mourinoni iste'foga chiqarishdan boshqa chora topa olmay qoladi. Pepe esa, Joze ketgach, yana o'z o'rnini qaytarib oladi.

Serxio Ramos

“Benazir”ning Madriddan ketishi uchun asosiy sababchi sifatida Serxio Ramosni ko'rsatishimiz mumkin. Aynan “el-kapitano” rahbariyatdan yo uni yoki murabbiyni tanlashlari lozimligini shart qilib qo'yadi. Bundan tashqari, u jamoadan ketsa, yana bir nechta etakchilar ham klubda qolmasligini ham qo'shib qo'yadi. Murabbiy iste'foga chiqarilgach, Serxio jamoadagi ichki muhit o'nglanganini ma'lum qiladi. Tan olish lozim, Ramos Mourinodan farqli o'laroq, Zayniddin Zidan bilan yaxshi aloqada. Ayniqsa, Zizuning ortga qaytarilishi chog'ida u birinchilardan bo'lib frantsiyalik yosh murabbiyni qo'llab-quvvatlagani ko'pchilikning yodidan ko'tarilmagan.

Pedro Leon

Bundan 10 yil avval Pedro Evropadagi eng iqtidorli vingerlardan biri edi. Uni “Xetafe”dan “qirollik klubi” 10 million evro evaziga sotib oladi va kamida 10 yil asosiy tarkib futbolchisini qo'lga kiritgani haqida matbuotda bayonot beradi. Afsuski, Pedro bilan bir vaqtda jamoaga Joze ham keladi vayosh futbolchiga o'zini ko'rsatish uchun ham imkon qoldirmaydi. Achinarlisi shundaki, Pedro Leon Joze davrida asosiy jamoaga yaqinlashtirilmaydi. “Benazir” uni asosiy jamoa bilan shug'ullanish darajasida emas degancha yoshlar safiga jo'natib yuboradi.

Keyinroq “Xetafe”ga qaytib kelgan futbolchi Ispaniya radiostantsiyalaridan birida o'sha davrni xotirlab quyidagi so'zlarni aytgan edi: “Joze mening oldimga keldi va hech qachon asosiy jamoada maydonga tushmasligimni aytdi. Keyin “Agar klub futbolchilari o'tirgan tayyora havoda parchalanib ketsa-yu, faqat sen tirik qolsang ham baribir asosiy jamoaga olmayman!”, —deb qo'shib ham qo'ydi”.

BestMaster
10 Iyun 2020, 15:00
mourino, «komib, yuborgan», futbolchilar, top-10,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 dowran@  
Maurinyo sababli koplap futbolchilar "singan"
10 Iyun 2020, 15:09
 u7777u  
Бунга кака ни хам қушиш керак
11 Iyun 2020, 17:13
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads