Koronavirus pandemiyasi bilan bog'liq uzoq tanaffusdan keyin ko'pchilik futbolchilar o'z qiyofalarini o'zgartirishdi. Kimdir boshqacha soch turmagiga ega bo'lgan bo'lsa, kimdir soqolini mo'l qo'ydi.
"Real" sardori Serxio Ramos ham karantin paytida soqoliga tig' tekkazmadi shekilli, uning soqoli ko'kragiga tushayozdi.
La liganing instagramdagi sahifasi uni Tarzanga qiyosladi.