Madrid klubi futbolchiga bitimni 2022 yilning yoziga qadar uzaytirishni taklif qildi.
Ispaniyalik futbolchining o'zi ham faoliyatini "Real"da davom ettirishni xohlaydi, shu sabab bu borada muammo kuzatilmasligi katta ehtimol.
34 yoshli Serxio Ramosning amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar mo'ljallangan.
Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 33ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol urishga erishdi.