Mashg'ulotlar jarayonida jarohat olgan Madridning "Real" klubi himoyachisi Nacho Fernandes qancha muddat maydon tashqarisida qolishi ma'lum bo'ldi.
Marca nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, 30 yoshli ispaniyalik himoyachi ikki haftadan uch haftagacha lazaretda qoladi.
Eslatib o'tamiz, "qaymoqranglilar"ning tarbiyalanuvchisi hisoblangan Nacho o'ng oyog'ining son qismidagi mushaklari lat egani tashhisi qo'yildi.