Madridning "Real" klubi sobiq shifokori Xesus Olmoning aytishicha, jamoa sardori Serxio Ramos bilan kelishmovchiliklar ro'y berganini aytib berdi.
"Ramos bilan oramizda ziddiyatlar bo'lgan. Agar nimadir ro'y bersa biz u bilan o'zaro yakkama-yakka ochiq gaplashib olardik. Serxio mening ba'zi uslublarimga rozi bo'lmasdi, garchi men nima uchun buni amalga oshirayotganimni tushuntirsam ham. Ammo, qachonki bir birimiz bilan tortishib qolganimizda, o'rtamizdagi hurmat haqida unutmasdik. Bizda ziddiyatli vaziyatlar ko'p bo'lardi, lekin biz professionallarcha ishlardik. Biz hozir ham yaxshi munosabatdamiz. Agar unga yordam kerak bo'lsa, men unga yordam berishga doim tayyorman", - Olmoning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Ideal.