"Real" klubi Ispaniya chempionati qayta boshlanganidan keyin o'tkaziladigan dastlabki 4ta tur o'yinlari taqvimidan norozi bo'lmoqda. Ushbu turlarda "Barsa" o'z uchrashuvlarini madridliklarga nisbatan ertaroq o'tkazadi.
"Qirollik klubi" fikricha, La liga shu yo'l orqali kataloniyaliklarga tushadigan ruhiy bosimni kamaytirmoqchi. Aksincha holatda esa, "Real" o'z o'yinida g'alaba qozonsa, raqibdan 1 ochko oldinga o'tib olgan bo'lar edi.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" 13 iyun "Malorka" mehmoni bo'lsa, "Real" 14 iyun kuni "Eybar"ni qabul qiladi.