«Real» himoyachisi Nacho mashg'ulot paytida jarohat oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Tibbiy ko'rik natijasida 30 yoshli futbolchining o'ng oyog'i son qismidagi mushagi jarohat olgani ma'lum bo'ldi. Uning tiklanishi uchun qancha vaqt ketishi haqida ma'lumot berilmadi. Ma'lumotlarga qaraganda, Nacho Ispaniya mavsum qayta boshlanganidan keyin dastlabki turlarni o'tkazib yuboradi.
«Real» La liganing 28-turi doirasida 14 iyun kuni o'z maydonida «Eybar»ni qabul qiladi.