Angliyaning «Manchester Siti» klubi yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan EChLning v 1/8 final javob uchrashuvi doirasida «Real» klubiga qarshi bo'ladigan uchrashuvdan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Agar ularni musobaqadan chiqarib yuborsak, katta muvaffaqiyatga erishgan bo'lamiz. Shubhasiz, «Real» sifatli o'yin namoyish etadi. Ular bu musobaqada tez-tez g'alaba qozonib turadi va ular juda tajribali hisoblanadi. Shu sababli, ulardan ehtiyot bo'lish kerak. Shu bilan birga biz ulardan qo'rqmaymiz», — Gyundoganni so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Manchester Evening News.
Eslatib o'tamiz, dastlabki uchrashuvda «shaharliklar» safarda "Real" klubini 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratgan.