"Real" hujumchisi Luka Yovich tartib-intizom borasida surunkali muammolarga duch kelmoqda.
22 yoshli futbolchi do'stlari bilan kabob pishirib, bazmu-jamshid qilayotgan videosini internetga joyladi.
Bu esa La liga tibbiy protokoliga zid bo'lib, o'yinchilar va klublar bunday marosimlardan o'zini cheklagan holda, ijtimoiy masofani saqlashlari lozim.
Ma'lumot o'rnida. Serbiyalik futbolchi karantin paytida qoidani buzgani uchun jiddiy jazoga tortilishiga bir baxya qolgan edi. Keyin esa o'z uyida devordan sakrashi oqibatida tovon suyagini sindirib olgan edi.
???? Luka Jovic de barbacoa con los amigos
???? ¿Se puede hacer según el protocolo de LaLiga?
???? IG: lukajovic pic.twitter.com/5wt2fu8ocL