Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Real" Roberto Karlosni qanday qo'lga kiritgan yoxud futbolchi almashamizmi?

Jamoalar yangi futbolchini nafaqat sotib olishlari, balki o'z o'yinchilariga almashishlari ham mumkin.

.
- Yuklab olish

Ivan Samorano – Roberto Karlos + 15 mln evro, "Real" — "Inter"

Futbol tarixidagi eng yaxshi chap qanot himoyachilaridan biri "Real"ga tasodifan borib qoladi. "Inter" nima qilib bo'lsa ham Samoranoni qo'lga kiritishni istardi. Transfer narxini tushirish niyatida kelishuvga hujumga o'tib ketaveradigan yosh braziliyalik himoyachini qo'shadi. "Real"da Karlos erkinlikka erishdi va o'z iqtidorini to'liq namoyon qildi. Samorano esa Italiyada nafaqat kutilgan o'yinni, balki Ispaniyada ko'sartganini ham namoyish qila olmaydi. Oradan bir yil o'tib milanliklar boshqa "to'qqizlik"ni sotib olishadi – Ronaldo.

Genrix Mxitaryan – Aleksis Sanches, "Manchester Yunayted" — "Arsenal"

Biroz tushunarsiz kelishuv. Mxitaryan Mourinyu bilan kelisholmasdi, uning agenti – Mino Rayola ekanligini inobatga olsak, bunday kelishmovchiliklar tezda jamoatchilik muhokamasi markazida bo'lardi. Biroq "Arsenal"ni bir o'zi olg'a tortib charchagan Sanchesga almashuv, hammasini battar yomonlashtirdi. Sanches "Manchester Yunayted"da katta maosh oldi (haftasiga 500 ming. evro), buni ko'rgan boshqa futbolchilar o'zlarining ham maoshlarini oshirishni talab qilishdi. "Qizil iblislar" futbolchini ijaraga berib ham qutilishmadi. "Inter"da to'p tepayotgan chililikning oyligini yarmidan ko'prog'ini hamon "Yunayted" to'laydi. Mxitaryan ham "Arsenal"da u qadar zo'r o'ynab keta olmadi.

Leonardo Bonuchchi – Domeniko Krishito, Serxio Almiron va 12,5 mln evro "Bari", "Djenoa", "Yuventus"

"Ajoyib" sxema. Bunaqasi faqat Italiyada bo'lishi mumkin. 2010 yil yozida "Yuventus" Antonio Konte qo'l ostida omadli mavsum o'tkazgan "Bari" himoyachisi Bonuchchini sotib olishni niyat qiladi. Lekin Bonuchchining transfer huquqi qisman "Bari"ga, yana bir qismi uning sobiq jamoasi "Jenoa"ga tegishli edi. "Jenoa"da esa transfer huquqining malum qismi hamon "Yuventus"ga tegishli bo'lgan Krishito to'p tepardi. Murakkab sxema natijasida "Yuve" Krishitodan butkul voz kechadi, "Jenoa" esa — Bonuchchidan. "Bari" "Yuve"dan Almiron va 12,5 mln evro oladi. Bonuchchi "Yuventus"ga o'tadi, Krishito "Jenoa"da qoldi. FIFA nega futbolchilarga birdaniga ikki klub (qisman) egalik qilishini nega taqiqlab qo'yganini bu voqeadan so'ng tushunish qiyin emas.

Eshli Koul – Vilyam Gallas + 7 mln evro, "Arsenal" — "CHelsi"

"Men o'sha taklifni eshitganimda karaxt holimdan mashinamni urib olay degandim". Eshli Koul "Arsenal"da qolmasligini ochiqchasiga namoyon qilardi — lekin 2004 yil Arsen Venger qo'l ostida anchagina kuchli tarkib bor edi. Gallas yomon himoyachi emasdi, "Arsenal" to'rt yil davomida to'p tepdi, jamoadoshlari bilan janjalishib turardi va yakunda "Tottenxem"ga o'tib ketdi. Koul "CHelsi"bilan barcha musobaqalarda g'olib bo'ldi, jumladan CHempionlar Ligasi bosh sovrinini ham.

Andrea Pirlo – Guli + 5dan - 13 mln evrogacha, "Inter" — "Milan"

Yana "Inter" va yana "qovun tushirish". "Milan" qo'shnisini qanday ko'ndirgan bilmaymizku, lekin hozir Andres Gulelminpetroni taniydiganlar deyarli yo'q, Pirloni esa hamma biladi. Yosh Andrea "Inter" tarkibiga kira olmayotgandi, Guli esa "Milan"ga kerak emasdi. Maydondagi nuqtasi bo'yicha har ikki futbolchi o'xshash edi, lekin o'shandayoq Pirlo ulkan iqtidor sohibi ekanligi sezilib turardi. Har ikki klub moliyaviy tomondan biroz qinyalib turgandi, shu sabab o'yinchi almashishga qaror qilishadi. "Milan"ga Andrea Pirlo va Kristiano Brokki yo'l olgan bo'lsa, "Inter"ga — Guli, Brnchich, Jinestra va 17 mln evro tegadi. Italiyalik jurnalistlar bu transferlarni narxi ko'tarib yuborilgan va har biri alohida qayd etilgan, maqsad esa tushumni ko'paytirish deb hisoblashardi. Bu futbolchilar faqat Pirlo "o'ynab ketdi" – biroq o'ynaganda ham shunday o'ynadiki, butun dunyo uni eslab qoldi…

David Luis – Nemanya Matich + 20 mln evro, "Benfika" — "CHelsi"

Portugaliya klublari evrokuboklarda ko'p ham bosh sovringa ega chiqmas, yoki kurashda favorit hisoblanmas, lekin bir jihat bo'yicha dunyoda eng zo'ridirlar. Hech kim o'yinchilarini ulardan, ularchalik qimmat sota olmaydi. 2010 yil hali hech nima yutmagan yosh markaziy himoyachi uchun 25 mln evro kattagina summa edi. Lekin "Benfika" Luisni "CHelsi"ga sotib, qishda yana bir futbolchi bo'yicha kelishib qo'yadi. 19 yoshli Matich asosiy tarkibga kira olmayotgandi, shuning uchun uni oson qo'yib yuborishadi. Oradan ikki yil o'tib, uni "Benfika" 25 mln.ga qaytib sotib olish uchun. Umuman olganda har ikki futbolchining "CHelsi"ga ancha foydasi tegadi.

Deku – Kuarejma + 15 mln, "Portu" — "Barselona"

20 yoshli Kuarejmaning iqtidori shunchalik shov-shuv bo'ldiki, u "Barselona"da paydo bo'ldi. Lekin oradan bir yil o'tib, kataloniyaliklar vaximali hech nimani sezishmadi chog'i, "Portu"ga vunderkindga yana yaxshigina pul qo'shib berib yuborishdi. Teskari yo'nalishda esa endigina ECHLda g'olib bo'lgan Deku safarga otlandi. Hech kim xafa bo'lmadi: Deku yaqin to'rt yilga kataloniyaliklar asosiy tarkibidan tushmadi va yana bir marta CHempionlar Ligasida zafar quchdi, Kuarejmani esa "Portu" "Inter"ga 25 mln.ga sotib yubordi.

Fernando Torres – Luis Garsiya + 34 mln evro, "Atletiko" M – "Liverpul"

Garsiya "Liverpul" tarixidagi eng omadli 2004/05-yilgi ECHL mavsumida jamoaning eng muhim futbolchilaridan biri edi. Lekin 2006 yilga kelib u tarkibdagi joyini yo'qotib qo'ydi. SHu vaqtda Benites Madridda ochilib kelayotgan yosh hujumchini ko'z ostiga olib qo'ygandi. "Atletiko" 40 mln istardi: "Liverpul" esa 30 berishga tayyor edi. Yakunda tomonlar murosa ko'chasini topishdi. Madridliklar yoshi katta bo'lsada, foydasi tegadigan vingerga va qo'shimcha 34 mln.ga ega bo'lishdi. Garsiya "Atletiko"da ikki mavsum to'p tepdi, Torres esa qatorasiga uch yil APLda istalgan raqibni dodini berib tashladi. Ammo keyin "CHelsi"ga o'tdi. Masalaning yana bir qiziq jihati shundaki, "Liverpul" hujumchiisini londonliklarga 60 mln.ga sotdi.

Zlatan Ibragimovich – Samuel Eto’o + 40 mln evro, "Inter" — "Barselona"

Milanliklar ko'p marotaba transfer bozorida tushunarsiz ishlarni amalga oshirishadi. Pirloni Gulelminpetro uchun, Zeedorfni esa Franchesko Kogo uchun berib yuborish – noyob istedod talab qiluvchi transfer siyosati. Ammo 2009 yil birgina transfer almashinuvi bilan "Inter" barcha xatolarini yopib keta olgan desak mubolag'a bo'lmaydi. Mourinyu Ibrani saqlab qolishni istagandi, lekin futbolchi qolmasligini malum qilgach, vaziyatdan maksimal tarzda foydalandi. Eto’o shveciyalik hamkasbichalik ko'p gol urmasdi, lekin undan bu talab qilinmagan ham: "Inter" ushbu transferdan ishlab olgan puliga yana bir forvardni sotib oladi. Milito gollar urardi, Samuel esa hujumning chap qanotida uchardi. "Inter" o'shanda hammasini yutdi, Zlatan esa Gvardiola bilan kelisholmay "Barselona"ni tark etdi.

Omonjon To'xtamirzaev tarjimasi

BestMaster
6 Iyun 2020, 21:00
roberto, karlosni, qanday, qolga, kiritgan, yoxud, futbolchi, almashamizmi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads