Madridning «Real» klubi va Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Toni Kroos kelgusi faoliyati haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Futbol olamida uch yil – bu juda ko'p. Men Madrid bilan shartnomamni oxirigacha etkazishni niyat qilganman. O'shanda 33 yoshga to'laman va oldimda ko'plab variantlar bo'ladi. Jamoani tark etish, qolish yoki butsalarimni mixga ilish. Men «Real» futbolchisi sifatida faoliyatimni yakunlamoqchiman.
Men o'zimni futbolda tasavvur qilaman, lekin yuqori darajadagi murabbiy sifatida emas. Buning ustiga, futbolda meni eng ko'p bezovta qiladigan narsalarga qaytishga to'g'ri keladi — safarlar. Haftalab uyga qaytmasligim mumkin. Bu menga yoqmaydi», — deydi Kroos.
Toni Kroos 2014 yildan beri «Real» safida o'ynab kelmoqda. Bungacha u «Bavariya» va «Bayer» klublarida to'p surgan.
Ushbu mavsumda u Madrid klubi safida barcha musobaqalarda 33 ta o'yinda qatnashib, 5 ta gol urgan va 9 ta golga hammualliflik qilgan. Uning klub bilan kelishuvi 2023 yilgacha amal qiladi.