Madridning "Real" klubi sobiq futbolchisi Rafael van der Vaart Krishtianu Ronaldu bilan birga o'ynagan paytlarini esga oldi.
"Men uchun birinchi o'rinda jamoamning g'alabasi muhim edi, kim gol urishini farqi yo'q edi. Bu ajoyib hissiyot. Biroq, ko'plab hujumchilar o'zlari gol urishni xohlayrdi. Men "Real"da Krishtianu bilan birga o'ynaganman. O'z maydonimizda "Sporting" klubini 6:0 hisobida mag'lub etgandi. Men xet-trikka erishgandi, biroq, Ronaldu gol ura olmagandi. O'yindan keyin kiyinish xonasida u jahldor ko'ringandi", - niderlandiyalik sobiq futbolchining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Daily Mail.