Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ishonish qiyin! Serxio Ramos La ligada mavsumni qizil kartochkasiz o'tkazmoqda

Serxio Ramos Ispaniya chempionati tarixida maydondan eng ko'p chetlatilgan futbolchi hisoblanadi.

.
- Yuklab olish

Serxio Ramos Ispaniya chempionati tarixida maydondan eng ko'p chetlatilgan futbolchi hisoblanadi.

Ammo «Real» sardori so'nggi marta 2019 yilning 19 fevral kuni «Jirona»ga qarshi o'yinda qizil kartochka olgan edi. O'shandan beri Ramos La ligada biror marta maydondan chetlatilmadi.

Serxio "Qirollik klubi" safidagi 14 yillik faoliyatida faqat bir marta — 2014/15 yilgi mavsumni qizil kartochkasiz o'tkazgan. Agar ushbu mavsumda ham u maydondan chetlatilmasa, Madriddagi faoliyatida ikkinchi mavsumni chetlatishlarsiz o'tkazgan bo'ldi.

Ramos qolgan mavsumlarda kamida bir martadan maydondan chetlatilgan. U 2015/16 va 2017/18 yilgi mavsumlarda ikki marta qizil kartochka bilan "siylangan". Bu uning antirekordi hisoblanadi.

Serxio Ramos Chempionlar ligasi doirasida jami 4 marta chetlatilgan. Bu boradagi antirekordni u Zlatan Ibrahimovich va Edgar Davids bilan bo'lishib turibdi.

Eslatib o'tamiz, ispaniyalik himoyachi EChL doirasida so'nggi "qizil"ni ushbu mavsumda «Manchester Siti»ga qarshi nimchorak final bosqichining dastlabki o'yinida olgan edi (ikki sariq kartochka = qizil kartochka).

BestMaster
5 Iyun 2020, 17:00
ishonish, qiyin!, serxio, ramos, ligada, mavsumni, qizil, kartochkasiz, otkazmoqda,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads