Madridliklar Germaniya terma jamoasining 20 yoshli o'yinchisi uchun 80 million evro taklif qilishdi, bundan tashqari xavbek kelasi mavsumda ham ijara asosida Leverkuzenda o'ynardi, ammo "farmacevtlar" bu taklifga rad javobini berishdi.
Xabarlarga ko'ra, "Bayer" Xavercning sotuvidan 100 million evro ishlab olmoqchi.
Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 40ta o'yinda maydonga tushib, 16ta gol va 7ta assist qayd etdi.