Janubiy koreyalik hujumchi faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin
Madridning «Real» klubi «Tottenxem» hujumchisi Son Xyon Minga jiddiy qiziqish bildirmoqda deya xabar bermoqda Don Balon.
«Tottenxem» Sonni sotishga tayyor, lekin janubiy koreyalik futbolchi uchun katta mablag' talab qilmoqda. «Shporlar» o'z hujumchisining narxini 150 million evro miqdorida baholamoqda.
Eslatib o'tamiz, avvalroq «Real» «Tottenxem»ning boshqa hujumchisi - Xarri Keynga qiziqish bildirib ko'rishgandi.