«Real» yarim himoyachisi Garet Beylning agenti Jonatan Barnettning fikricha inqiroz tufayli futbolchilarning maoshi qisqartirilishi kerak emas.
«Men o'yinchilarning maoshi qisqartirilishi kerak deb o'ylamayman. Ehtimol, klubni boshqarish uslubini o'zgartirish kerakdir.
Ishqibozlar futbolchilarning o'yinini tomosha qilish uchun kelishadi. Hech qaerda klub bosh direktorining o'yinini tomosha qilish kelmaydi.
Futbolchilarning maoshini qisqartirish masalasi ko'tarilmasligi kerak. Chunki ular bu pullarni qisqa faoliyati davomida olishadi», – dedi Barnett "BBC"ga bergan intervyusida.