Serbiyalik futbolchiga Evropaning beshta top-klubi qiziqish bildirmoqda.
Rimning «Latsio» klubi sport direktori Igli Tare jamoa yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savich borasida tushadigan takliflarni ko'rib chiqishga tayyor ekanligini ma'lum qildi, deya xabar bermoqda Daily Mail.
«Burgurlar»ga koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan moliyaviy inqirozdan chiqish uchun mablag' kerak.
Qayd etilishicha, 25 yoshli serbiyalik futbolchiga «Real», «PSJ», «Manchester Yunayted», «Chelsi» va «Tottenxem» klublari davogarlik qilmoqda.