Madridning “Real” klubi PSJdan 17 yoshli himoyachi Tangi Kuassini sotib olishga qiziqib qoldi. Madrid klubi Kuassiga Serxio Ramosning o'rinbosari sifatida qaramoqda. Qayd etilishicha, Madrid klubi futbolchining vakillari bilan aloqaga ham chiqib ulgurgan.
Kuassi joriy mavsum erkin agentga aylanadi va faoliyatini boshqa klubda davom ettirishga tayyor.