«Real» sobiq darvozaboni Iker Kasilyas "Qirollik klubi" tarixidagi eng yaxshi ikki futbolchi nomini aytdi.
«Klub tarixidagi uch futbolchi? Uchtasini bilmadimu, ammo ikkitasini aytaman. Bu — don Alfredo di Stefano va Krishtianu Ronaldu», — dedi Kasilyas "AS" nashriga bergan intervyusida.
Kasilyas 1998-2015 yillarda madridliklar sharafini himoya qilib, 5 karra Ispaniya chempioniga aylangan. Shuningdek, u Chempionlar ligasida 3 marta g'olib chiqqan.
Di Stefano 1953-1964 yillarda «Real» safida o'ynagan hamda 18ta sovringa ega chiqqan.
Ronaldu esa 2009-2018 yillarda "Qirollik klubi" safida o'ynab, jamoa tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylangan. U 438ta uchrashuvda 450ta gol urgan. Di Stefano hisobida esa 396ta uchrashuvda 308ta gol mavjud.