«Real» hujumchisi Karim Benzema La ligada mavsumning qayta boshlanishi haqida o'z fikrini bildirib o'tdi.
«Tezroq o'yinlarga qaytishni istaymiz. «Eybar»ga qarshi uydagi bahs juda muhim bo'ladi. Mazkur uchrashuvda to'la kuch bilan o'ynashni istaymiz.
Muxlislarsiz o'ynash noodatiy bo'ladi, ammo umid qilaman, ular o'z uylarida turib bizni qo'llab-quvvatlashadi. Zidan bizga futboldan zavq olishni aytadi. Bugun biz to'p bilan ko'proq ishladik.
Uyda shug'ullangandan ko'ra jamoadoshlaring bilan shug'ullanish ancha yaxshiroq. Ikki oy davomida to'psiz ishlash og'ir bo'ldi. Bugun biz mashg'ulotda futbol o'ynadik. Shuning uchun hamma xursand bo'ldi», — dedi Benzema "Marca" nashriga bergan intervyusida.