Madridning «Real» klubi La Liga rahbariyatidan 17-turdan o'rin olgan «Barselona»ga qarshi o'yin muddatini o'zgartirishni so'rashi mumkin.
Gap shundaki, yangi mavsum taqvimiga ko'ra, El Klasiko 21 dekabr kuniga to'g'ri kelmoqda. Uch kundan so'ng esa, Abu Dabi shahrida klublar o'rtasidagi jahon chempionatining finali o'tkazilishi lozim.
«Real» ushbu nufuzli musobaqaning finaliga yo'l olishga umid qilmoqda va shu tufayli «Barselona»ga qarshi o'yin muddatini ko'chirmoqchi, deb xabar beradi Marca.