«Real» himoyachisi Nacho jamoasining mavsumga tayyorgarligi haqida ma'lumot berdi.
«Biz samarali tayyorlanyapmiz. Har hafta yangicha mashg'ulotlar o'tkazyapmiz. Bu biroz g'alati, chunki sen butun jamoa bilan ishlay olmaysan.
Ammo biz yaxshi shug'ullanyapmiz va uchrashuvlarga to'la kuch bilan etib kelishga umid qilyapmiz. La liga qayta boshlanishiga yana bir necha kun bor. Shuning uchun 100 foizli tayyorgarlikka erishishimiz kerak. Hozircha tayyorgarligimizni 95 foizga baholayman.
Asensio va Azar jarohat tufayli anchadan beri maydonga tushishmagan edi, lekin hozir ular sog'lom, kuchli va jiddiy ruhlanishgan. Bu boradagi qarorni murabbiylar qabul qilishadi, lekin, nazarimda, ular ancha ishonchli ko'rinishmoqda», — dedi Nacho "Movistar"ga bergan intervyusida.