Ispaniya matbuotining xabariga ko'ra, Madridning "Real" klubi "Bayer" yarim himoyachisi Kay Xaverts transferidan voz kechdi. Avvalroq, Kay uchun asosiy da'vogar "Real" klubi bo'lib turgandi.
"Bayer" havbekini 100 million evro atrofida baholamoqda. Xaverts klubini o'zgartirishga qarshi emas.
Eslatib o'tamiz, yarim himoyachining klubi shartnomasi 2022 yilgacha mo'ljallangan. Kay xizmatiga shuningdek, "Bavariya", "Barselona" va "Liverpul" klublari ham qizqish bildirmoqda.