«Monako» yosh yulduzi Kilian Mbappe bilan faqat juda katta pul evaziga xayrlashishga tayyor.
Marca xabariga ko'ra, monegasklar 18 yoshli hujumchini 190 mln evroga baholamoqda.
Bu haqda klub vitse-prezidenti Dmitriy Vasilev shunday dedi: «2016 yil yozida «Real», «Manchester Siti» va «PSJ» Neymar uchun 190 mln evro taklif qilgan edi. Agar Kilian grandlarga kerak bo'lsa, bunday puldan voz kechishga qiynalmasliklari lozim».
Ayni paytda futbolchi bilan «Real», «Man Siti» va «PSJ» qiziqmoqda.