"Marca" xabariga ko'ra, o'yinlar bo'lmayotgani sababli "Real"ga kelayotgan foyda 150 million evrogacha kamayib ketgan. Bu ham o'z navbatida marketingga katta zarar etkazgan.
O'tgan yozda "qirollik klubi" transferlar oynasida shov-shuvli transferlar amalga oshirgandi. Biroq qimmatbaho Eden Azar hamda Luka Yovich kutilgan umidlarni oqlamadi.
Ayni damda "Real" turnir jadvalida "Barselona"dan 2 ochkoga ortda qolmoqda.