David Alaba jurnalistlardan yangi shartnoma borasida so'ramasliklarini iltimos qildi. Avvalroq, "Bavariya" himoyachiga 2025 yilgacha mo'ljallangan shartnoma taklif qilganligi haqida xabarlar tarqalgandi.
"Muhim o'yinlarga e'tibor qaratishga harakat qilyapman. Hozirda oxirgi muddat yo'q. Hammasi jim. Biz juda talabchanmiz va jamoada kayfiyat yaxshi. Gaz tugmasida oyog'imizni ushlab turishimiz kerak", -deydi Alaba Sky Germany nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Alabaning "Bavariya" bilan maldagi shartnomasi 2021 yilgacha mo'ljallangan. Futbolchi xizmatiga "Real" klubi qizqish bildirmoqda.