Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Lukas Vaskes 2016 yilgi EChL finalini eslab, Real Madrid TV kanaliga intervyu berdi. E'tiboringizga mazkur intervyuni taqdim etamiz.
Amalga oshgan orzulari haqida
“Men haligacha nimalarga erishganimizni anglay olmayapman. Esimni taniganimdan buyon “Real”ning bir qismi bo'lib kelaman. Mening orzum aosiy jamoada o'ynash edi, hozir esa men bu erdagi 5-mavsumimni o'tkazmoqdaman. Men baxtliman va yana uzoq yil Madrid sharafini himoya qilmoqchiman”.
“Zidanning yoqimtoyi” degan gaplar haqida
“Men uchun u bilan shug'ullanish va undan nimadir o'rganish katta sharaf: hamma uni qanday buyuk sportchi bo'lganini yaxshi biladi. U murabbiylik faoliyatida ham shu yo'ldan ketmoqda. U har kuni biz bilan suhbatlashadi, bizdan xavotirlanadi: Zidan bizning o'ynashimizni xohlaydi, baxtli bo'lish bu futbolchi uchun juda zarur”.
“Undecima” haqida
“Hammasi tez sodir bo'ldi: biz mavsumni omadli yakunladik, chempionlar ligasi orzular timsoliga aylandi. Buni tassavur ham qila olmaysiz, so'z bilan tariflash qiyin”.
Maqsadlari haqida
“Men “Real” sharafini himoya qilayotganimdan juda xursandman. Har safar bu libosda maydonga tushganimda zavqlanaman”.
2016 yilgi chempionlar ligasi finali haqida
“Biz mavsumni yakunladik va bizda finalga tayyorlanish uchun 15 kun bor edi. Safarga chiqishimizdan oldin odamlar menga xabarlar yuborishardi... Men o'yinning ahamiyatini unitishga harakat qildim. Muvaffaqiyatning siri har doimgi ishimizni qilishda edi”.
To'p bilan muomalasi haqida (2016 yil EChL finali penaltilar seriyasi oldidan)
"Men nuqtaga yaqinlashganim sari vaa to'pni qo'lim bilan o'ynardim. Bu menga konsentratsiyaga yordam beradi. Mening hayolimda penaltini aniq amalga oshirib jamoamga yordam berish edi”.
Chempionlar Ligasi haqida
"Chempionlar ligasidagi g'alaba ko'plab odamlarni xursand qiladi. G'alabani nishonlash uchun Sibelesga, “Bernabeu”ga borish katta g'urur. Buni bir haftadan keyin tushunasiz.
Penalti haqida
“Men qanday zarba berish haqida o'ylamagan edi. Nuqtaga yaqinlashib, to'pni o'rnatganimdan keyin bir qarorga kelganman. Oblakka qaraganman va qanday tepish haqida qaror qilganman. Umuman olganda, buni avvaldan rejalashtirib qo'yish to'g'ri”.
Jasorat haqida
“Bunday vaziyatlarda xotirjamlik fe'l-atvor haqida gapiradimi yo'qmi bilmayman. Bu mening asosiy jamoadagi birinchi mavsumim edi. Chempionlar ligasidagi g'alaba va penaltidan kiritilgan gol o'sishimga yordam berdi. Ammo biz jamoamizning saviyasini ham hisobga olishimiz kerak”.
Zidanning gapi haqida
"U menga qanday bo'lsam shundayligimcha qolishimni va jamoaga yordam berishim kerakligini aytgan”.
Zaxira futbolchisi ekanligi to'g'risida
“Muhimi siz o'yinga qo'shilib ketishingiz kerak. O'yinni kuzatib o'tirish va raqibga qaerda zarar etkazishni tushunish juda muhimdir. Maydonga chiqib bor kuchingizni berishingiz kerak”.
Qatorasiga 3 marta EChL g'olibligi haqida
“Bizning yutuqlarimiz futbol tarixining bir qismi ekanligini tushunaman. Bizda ketma-ket 3ta unvonni qo'lga kiritgan ajoyib avlod futbolchilari bor. Bu bilan faxrlanish lozim”.
La Ligaqning qaytayotgani haqida
“Biz kichik mashg'ulotlardan boshladik, jismoniy tayyorgarlik va to'p bilan ishladik. Biz avvaliga odatdagidek uzoq mashq qila olmadik, shu sababli ritmni tiklash uchun vaqt kkerak bo'ladi, biroq men ham jamoadoshlarim singari yaxshi ishlayapmiz. Biz musobaqani qaytishini va g'alaba qozonishini xohlaymiz. Germaniya chempionatiga misol tariqasida qarayapmiz, ularda hammasi yaxshi”.
Klub sardori Serxio Ramos haqida
“Biz ajoyib do'stlarmiz. O'shanda u penaltidan avval menga ishonishini, butun jamoa ishonayotganini aytdi. Bu so'zlar menga kuch bag'ishlagan”.
Ota-onasi haqida
“Men yaxshi eslayman, medalni olishim bilan ota-onamga qo'ng'iroq qilganman. O'shanda ular menga penaltini qanday tepganimni ko'rishmaganlarini aytishgan. Barcha singari ular ham juda baxtiyor edi”.
La Liganing qolgan o'yinlari haqida
“Biz qolgan 11ta o'yinni finaldek o'tkazamiz. Hamma o'yinni yutishni xohlaymiz va agar hammasi biz xohlagandek amalga oshsa, muxlislarni xursand qilishimizga aminman”.
Mashg'ulotlar haqida
“Birinchi hafta noodatiy bo'ldi, biz moslashdik. Bizga bir-birimiz bilan gaplashishni taqiqlashdi, lekin hammasi sekin-asta iziga tushmoqda”.
“Eybar”ga qarshi o'yin haqida
“Biz tezroq chempionatni boshlanishi kutyapmiz. Umid qilaman, tez orada birinchi o'yinimizni o'tkazamiz. Biz mavsuni g'olib tarzda yakunlashni xohlaymiz”.