«Barselona» va «Real» sobiq yarim himoyachisi Luish Figu «Oltin to'p» yutgan davrlarini esga oldi.
Portugaliyalik sovrinni 2000 yilda qo'lga kiritgan. Zayniddin Zidan («Yuventus») va Andrey Shevchenko («Milan») kuchli uchlikdan joy olishgandi.
«Esimda o'sha paytda Zizu ikkinchi bo'lgandi. Lekin, o'shanda u sovringa loyiq edi. Umuman, o'sha davrlarda «Oltin to'p» uchun nomzodlar ko'p bo'lardi. Faqat Messi va Ronaldu emas. Sovrin qo'lga kiritish juda qiyin davrlar edi», — deydi Figu.