Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La Liga endi qanday bo'ladi? Ketma-ket 32 kun o'yin (ha!). Uchrashuvlar orasida kamida 72 soat dam, lekin futbolchilar hozirdan jarohatlanmoqda

Hammasi 11 iyun kuni Sevilyada boshlanadi.

.
- Yuklab olish

CHamamda, iyunda bizni shu qadar ko'p futbol kutyaptiki, ancha "qiynalib qolamiz" shekilli. Davom ettirilishi aniq bo'lib ulgurgan chempionatlar taqvimlari birin-ketin malum qilinmoqda va La Liga ortda qolishni istamadi. 11 iyundan qatorasiga 32 kun Ispaniya futbolidan bahra olamiz. Ketma-ket 32 kun!

"Ochilish o'yini" payshanba, 11 iyun kuni va birdaniga "Ramon Sanches Pisxuan"da Sevilya derbisi: "Sevilya" "Betis" bilan to'qnash keladi. Ispanlar derbi bilan restart olgan Germaniyadan ne kamimiz bor deyishdi chog'i.

•‎ La Liga chempionatni daxshatli grafik yordamida yakunlab qo'ymoqchi: har ikki-uch kunda o'yin, har bir tur esa 3-4 kun davom etadi. 8 tur yani 28-turdan to 36-gacha shu yo'sinda o'tkaziladi.

•‎ Oxirgi ikki tur o'yinlari bir xil vaqtlarda o'tkaziladi: bu Ispaniya uchun yangilik emas. Hech nimaga davogar bo'lmagan klublar o'yin vaqti surilishi mumkin: aytaylik, u yoki bu jamoa muddatidan avval ECHLga chiqishi aniq bo'lib ulgurgan, yoki jadval o'rtasida qolishi aniq bo'lganlarning.

Rejaga ko'ra, 37 va 38-turlar 15 hamda 19 iyul kuni start oladi.

•‎ Jadval shunday tuzilganki, har bir klub navbatdagi o'yindan avval 72 soat dam oladi – ammo shunda ham (bazi jamoalar raqibidan kamroq dam olishi turgan gap) etirozlar bo'lishi turgan gap. CHempionat 19 iyul kuni yakunlanadi (va tahminan ikki-uch haftadan keyingina evrokuboklar yakunlanadi).

Dushanba va juma kunlari ham o'yin bo'ladi – Ispaniya uchun bu noyob hodisa.

La Liga uzoq vaqt federaciya bilan bu borada kurashdi. RFEF yuzaga kelgan vaziyatda ham o'z qiziqishlarini himoya qila oldi va sudda g'olib chiqdi: dushanba kuni aniq o'ynab bo'lmaydi. Lekin yakunda Liga bilan muzokaralardan so'ng, bari-bir shunday qaror qabul qilindi. Dushanba va juma kuni ham o'yin bo'ladi. 

Muammo nimada edi? Luis Rubiales yillar davomida dushanba va juma kuni tashkil etilgan o'yinlar muxlislar hayotiga salbiy tasir qiladi, noqulaylik tug'diradi deb kurashib keladi. 

Aytgancha, shu kabi muammo Bundesligada ham bo'lgandi – muxlislar dushanba kungi o'yinlarga nisbatan noroziliklarini maydonga qog'oz uloqtirib namoyish qilishdi: sababi ish kunidagi o'yinlarga mehmon jamoa muxlislari jumada ish kunidan keyin, dushanba "tem bolee" shunchaki ulgurmay qolishlari hech gap emas.

Ushbu mavsum shunday qoida bor edi: juma kuni faqat kechki payt o'ynash mumkin, dushanba kuni esa – umuman ilojsiz. Endi buni vaqtinchalik unutishga to'g'ri keladi.

RFEF ishga aralashishining yana bir jihati bor edi – muxlislar qo'llab-quvvatlashidan tashqari, federaciya sud orqali La Ligadan 30 mln evro talab qildi. Bu pullar Xaver Tebas va kompaniyasi taqvimni milliy associaciya aralashuvisiz tuzishi uchun so'ralgan. 

O'z navbatida liganing ham o'z motivaciyasi mavjud: gap tele-huquqlarda. Mediapro boshlig'i (La Liga translyaciyasini sotib olgan kompaniya rahbari) Jaume Roures kelishuvdagi summa 30%ga kamayishi mumkinligi haqida ogohlantirgandi. Agar o'yinlarni faqat dam olish kunlari o'tkazilsa, TV-auditoriya kamroq bo'ladi.

Bunday grafikda jarohatlar ko'p bo'lishi aniq: bazi klublar bundan aziyat chekishni boshladi ham

Jarohatlar haqida ham unutmaslik lozim. Evrokubok rejimida "kun ko'rishga" o'rganmagan klublar bunday rejimga ko'nikmagan. Misol uchun "Espanol"ning jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiyi Jaume Bartres futbolchilarga tayyorgarlik uchun kamida olti hafta (iloji bo'lsa ko'proq) kerak bo'lishini aytgandi.

"Buni o'rtoqlik o'yinlari tashkil qilinadigan mavsumoldi tayyorgarlik bilan solishtirsak, u olti hafta davom etadi, futbolchilar unda 30, 45 yoki 60 daqiqadan maydonda harakat qiladi, endi haftasiga ikkita to'liq o'yinga chidash kerak. Kamida olti hafta", – tushuntirgandi Bartres.

Katta ehtimol bilan muammolar tayyorgarlik chog'idayoq boshlandi. "Osasuna" oxirgi ikki-uch kunda mushaklardagi og'riq tufayli 5 nafar futbolchisidan ayrildi, yana bir azo (CHimi Avila) anchadan buyon jarohatini davolash bilan band – yani u ham jamoaga yordam bera olmaydi.

"Atletiko" mashg'ulotlarni boshlagandan keyin uch nafar futbolchisidan ayrildi: avvaliga SHime Vrsalko va Joau Feliks (yaxshigina pulga sotib olingan portugaliyalik uch hafta maydonga tusha olmaydi),endi ularga Anxel Korrea ham qo'shildi.

Kuni-kecha Madridning boshqa bir jamoasi "Real"da ham bir yo'la uch futbolchi: Valverde, Isko va Nacho ham mushaklarida og'riqni his qilgan hamda alohida shug'ullandi.    

Albatta, har o'yinda 5 nafardan o'yinchi almashtirish yaxshi g'oya va u qisman yordam beradi, lekin bu erda asosiysi aksariyat futbolchilarni mavsum restartigacha yo'qotib qo'ymaslik. 

Omonjon To'xtamirzaev tarjimasi

BestMaster
30 May 2020, 19:15
liga, endi, qanday, boladi?, ketma-ket, oyin, uchrashuvlar, orasida, kamida, soat, lekin, futbolchilar, hozirdan, jarohatlanmoqda,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads