"Real" himoyachisi Marselo Ispaniya chempionatining qayta boshlanishini intizorlik bilan kutayotganini aytib o'tdi.
"Biz hech qachon bunchalik uzoq vaqt davomida mashg'ulotsiz qolib ketmagan edik. Shuning uchun futbol o'ynashga bo'lgan ishtiyoqimiz yuqori. Endi esa maydonga qaytishga yaqin turibmiz. La liganing qayta boshlanishini intizorlik bilan kutyapmiz.
Barchamiz sog'-salomatmiz. Ritmga kirib olish uchun fantastik mashg'ulotlar o'tkazdik. Uzoq vaqt davomida to'p bilan ishlamaganimiz uchun biroz aloqani yo'qotib qo'ygandik. Hozir esa chempionatning qaytishini kutyapmiz", — dedi Marselo Goal.com nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, La liga 11 iyun kuni "Sevilya" - "Betis" uchrashuvi bilan boshlanadi. "Real" 14 iyun kuni "Eybar" bilan to'qnash keladi.