«Real»ning sobiq hujumchisi Xese Rodriges jamoasiga chempion bo'lish uchun yordam bermoqchi ekanini aytdi.
«Las-Palmas» klubida ijarada o'ynayotgan futbolchi «Barselona»ga gol urib, ularning chempion bo'lishiga to'sqinlik qilmoqchi.
«Har bir o'yinda gol urishni istayman. Ammo aldab o'tirmayman, «Barselona»ga gol urib, bu bilan «Real»ning chempion bo'lishiga yordam bermoqchiman. Ammo asosiy maqsadim – yaxshi o'ynab, o'z jamoamga yordam berish» - dedi Xese Sport xabarida.