Madridning "Real" klubi himoyachisi Ashraf Hakimiy "qirollik klubi"ga qaytmoqchi. Bu haqda uning agenti Alexandro Kamano ma'lum qildi.
Eslatib o'tamiz, himoyachi ijara asosida Dortmundning "Borussiya" klubi sharafini himoya qilmoqda.
"Uning faoliyati "Real" bilan bog'liq. U maydonda ko'proq bo'lishni va rivojlanishni xohlaydi. Hozir biz klub rahbariyati bilan gaplashyapmiz. Ular Ashrafni kuzatishmoqda. Uning asosiy maqsadi – "Real"da o'ynash. Uning fikricha, "Real" sayoramizning eng yaxshi klubi", -deydi agent.