Portugaliyalik sobiq yarim himoyachi Luish Figu faoliyati davomida «Barselona» va «Real» klublarida o'ynaganidan baxtiyor ekanligini tan oldi.
«Barselona»dan «Real»ga ko'chib o'tganim uchun bir kun ham afsus qilmaganman. To'g'ri, jamoatchiliklarning fikrlarini qabul qilish qiyin bo'lgan, lekin umuman aytadigan bo'lsam «Real»da menga oson bo'lgan. Men u erda sayyoramizning eng kuchli futbolchisi Ronaldo bilan birga o'ynaganman. U menda katta taasuroot qoldirgan.
Dunyoning eng kuchli klublarida o'ynagan futbolchisidan pushaymon bo'lganligini so'rash ahmoqlikdir.
Men biror narsani orzu qilayotgan futbolchilarga maslahat beraman – orzularingizni amalga oshirishdan qo'rqmang. Agar biror bir klubda o'ynashni istasangiz – buni amalga oshirishga harakat qiling, hech kimning gapiga quloq solmang», — Luish Figuning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda.