Italiya matbuotining xabariga ko'ra, "Barselona" va "Real" klublari "Napoli" yarim himoyachisi Fabian Ruisga da'vogarlik qilmoqda.
Ispaniyalik havbekning neapolliklar bilan amaladgi shartnomasi 2023 yilgacha mo'ljallangan. Klub prezidenti Aurelio de Laurentis grand klublarning qiziqishi futbolchining narxi oshishiga yordam beradi deb o'ylamoqda.
Ma'lumotlarga qaraganda, neapolliklar Ruis transferidan kamida 100 million evro ishlab olmoqchi.