"Barselona"ning sobiq prezidenti Joan Gaspart Ispaniyaning "Real"ga xayrixohligiga ishonch bildirdi.
"Agar" Real" peshqadam bo'lganida, La Liga muddatidan oldin tugagan bo'lardi", — dedi Gaspart.
Gaspart "Barselona" tarixidagi eng yaxshi vitse-prezidentlardan biri sifatida tanilgan. U Xosep Luis Nunez boshchiligida ishladi, bu uning 2000 yilda prezidentlik lavozimini egallashiga olib keldi.
Ammo 32 oylik faoliyati davomida uning obro'si tushib ketdi. Gaspart "Barselona"ning bir qator samarasiz transferlari va Luish Figoning "Real"ga sotilishidan tushgan pullarning asossiz isrof qilinishi uchun javobgar sifatida esga olinadi.