Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Marko Asensio jarohatidan to'liq forig' bo'ldi. U 2019 yilning iyul oyidan buyon maydonga tushmayotgan edi.
"Men mashg'ulotga qaytishni uzoq kutdim. Qolganlarning shug'ullanayotganini va o'ynayotganini tashqaridan kuzatish qiyin bo'ldi. Hozir hammasi yaxshi va o'ynashga tayyormann. O'ylaymanki, men yuqori formadanman", -deydi Asensio.