«Real» klubi mashg'ulotlarga qaytganidan keyin Isko, Nacho va Federiko Valverde oyoq mushaklarida og'riq his qilishdi. Zidan esa jiddiy jarohatning oldini olish maqsadida ularga darhol mashg'ulotni to'xtatishni buyurdi.
Shuning uchun mazkur uch futbolchi jamoaning kechagi mashg'ulotlarida ishtirok etishmadi. Ular mushakdagi og'riqdan xalos bo'lishguncha individual mashqlarni bajarib turishadi.
Klub ularning holatidan xavotirda emas. Ular tezda tiklanib olib, yana jamoaviy mashqlarga qaytishadi.