Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Xames Rodriges faoliyatini "Atletiko"da davom ettirmoqchi. Bu haqda Ispaniya matbuoti xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, Xamesning agenti "matraschilar" rahbariyati bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.
Eslatib o'tamiz, Xames o'yin amaliyotisiz qolayotgani sababli "Real"ni tark etishga tayyor.