«Real» himoyachisi Rafael Varan La liganing qayta boshlanishi borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«O'yinchilar uchrashuvlarni intizorlik bilan kutishmoqda. Bu ish — bizning turmush tarzimiz, biz hamisha musobaqalashishni istaymiz. Biz anchadan beri futbol o'ynamaganmiz. Shu bois, jamoa g'alabaga chanqoq va biz sovrin yutib olishni istaymiz. Har doimgidek.
Bizning jismoniy holatimiz kundan-kunga yaxshilanmoqda. Biz jismoniy holatimizni yaxshilash ustida sidqidildan ishlayapmiz va taktika borasida rivojlanyapmiz.
Yaxshi formaga kirib olishimiz va futbol qaytganida boshqa raqiblar bilan kurashish uchun jiddiy ishlashimiz kerak», – dedi Varan.