Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda. Yangi shartnoma 2023 yilga qadar mo'ljallangan.
"Qaymoqranglilar" 28 yoshli braziliyalik futbolchi bilan bir necha oy oldin kelishuvga erishgan, ammo klub kelishuv haqida elon qilmaslikka qaror qilgan.
Kazemiro "Real" tarkibida 229ta o'yin o'tkazgan. Futbolchi joriy mavsum La Liga doirasidagi 25ta o'yinda maydonga tushdi.