«Real» himoyachisi Dani Karvaxal o'zining orzular jamoasini tuzib chiqdi.
«Ideal ramziy jamoani tuzib chiqish qiyin. Hamma o'zi bilan birga o'ynagan futbolchilarni tanlaydi.
Mening jamoam: Kasilyas – Dani Alves, Serxio Ramos, Maldini, Roberto Karlos – Zidan, Ronaldino, Vieyra – Messi, Krishtianu Ronaldu, Ronaldo.
Krishtianu, Ramos, Modrich kabi futbolchilar bilan bir jamoada o'ynash menga nasib etgan... Lekin, faqat bir o'yinchini tanlash kerak bo'lsa, men Pablo Sarabiyani tanlayman. U mening yaqin do'stim. Ishonchim komil, u jamoada ajoyib darajani ta'minlab bergan bo'lardi».