«Real» klubi yarim himoyachi Kazemiro bilan shartnomani uzaytirdi, deya xabar tarqatdi "Marca" nashri. Yangi shartnomaga ko'ra, braziliyalik futbolchi 2023 yilgacha Madridda qoladi.
«Qaymoqranglilar» 28 yoshli futbolchi bilan bir necha oy avval kelishuvga erishib bo'lishgan. Ammo klub bu haqda hozircha ma'lumot tarqatmaslikka qaror qilgan.
Kazemiro «Real» safida 229ta o'yinda maydonga tushgan. U La liganing ushbu mavsumida 25ta uchrashuvda ishtirok etdi.