"Bavariya" himoyachisi David Alaba bilan yangi shartnoma imzolamoqchi. Bu haqda jurnalist Kristian Falk xabar bermoqda.
Ma'lumot uchun, Alabaning myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilgacha mo'ljallangan.
Eslatib o'tamiz, futbolchi xizmatiga "Inter", "Barselona" va "Real" klublari qiziqish bildirmoqda. Alaba bu mavsum 30ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urgan va 2ta golga assistentlik qilgan.