Sobiq futbolchi Teddi Sheringem "Tottenxem" futbolchisi Xarri Keynga maslahat berdi. Uning fikricha, Keyn jamoasini o'zgartirish haqida o'ylashi kerak.
Sheringemning aytishicha, Keynda bitta karera bor. Agar «Tottenxem» "kam sovrinli" klub bo'lib qolaversa va raqobatni kuchaytirishga intilmasa, Keynning professional faoliyati xavf ostida qoladi.
Oldinroq Keynga «Real» va «Manchester Yunayted» qiziqqandi.